
BMT Aholi jamğarmasi (UNFPA) va Özbekiston Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar instituti hamkorligidagi yangi tadqiqot iqlim özgarişining oilalar soğliği, daromadlari va demografik qarorlariga ta’sirini örgandi.
Tadqiqot tizimli modellaştiriş hamda Qoraqalpoğiston va Surxondaryo viloyatlarida ötkazilgan fokus-guruh muhokamalariga asoslangan. Unda hududlar böyiça iqlim xavflaridagi farqlar qayd etilgan: Surxondaryoda kuçli issiqlik va çang böronlari, Qoraqalpoğistonda esa suv tanqisligi va Orol dengizi inqirozi bilan boğliq havo ifloslanişi kuzatiladi.
Tadqiqotga köra, iqlim bilan boğliq muammolar dori-darmon, tibbiy xizmat va içimlik suviga qöşimça xarajatlar orqali oilalar byudjetiga ta’sir qilmoqda. Iqtisodiy noaniqlik migratsiya qarorlari va oilani rejalaştirişga ham ta’sir ötkazadi. Mualliflar iqlim siyosati, ijtimoiy himoya va hududlar barqarorligini ta’minlaşda demografik omillarni hisobga oliş zarurligini ta’kidlaydi.