
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ma’lumotlariga köra, 2026-yil yanvar–avgust oylarida Markaziy Osiyo mamlakatlari örtasidagi özaro savdo ötgan yilning şu davriga nisbatan 26,3% oşib, 9,4 milliard dollarga yetdi. Hisob-kitobda har bir mamlakatning mintaqadagi boşqa davlatlarga eksporti yiğindisi asos qilib olingan. Bu usul bir xil savdo operatsiyasini eksport va import sifatida ikki marta hisoblaşning oldini oladi. Hisobot davrida mintaqa mamlakatlarining barçasida qöşni davlatlar bozorlariga eksport hajmi oşgan.
Qozoğiston mintaqaning eng yirik eksportyori maqomini saqlab qoldi: uning boşqa Markaziy Osiyo mamlakatlariqa eksporti 28,5% oşib, 5,3 milliard dollarni taşkil etdi. Bu mintaqaviy eksportning 56,3% teng. Özbekiston eksporti esa 37,5% ösib, qariyb 2,4 milliard dollarga yetdi va umumiy hajmning tahminan 25% taşkil qildi. Natijada, ikki mamlakat hissasiga mintaqaviy eksportning 81% ortiği va uning umumiy ösişining 93% töğri keldi.
Özaro savdo hajmi kengayayotganiga qaramay, uning tarkibi asosan ikki yirik iştirokçi atrofida şakllangan. Bu holat mintaqaviy savdoning umumiy ösişi barça mamlakatlar örtasidagi iqtisodiy aloqalar bir xil darajada rivojlanayotganini anglatmasligini körsatadi. Iqtisodiy integratsiya darajasini baholaşda umumiy savdo hajmi bilan bir qatorda, savdo oqimlarining mamlakatlar örtasida qanday taqsimlanganini ham hisobga oliş muhim.