
2020–2025-yillarda Markaziy Osiyo va Fors körfazi arab davlatlari hamkorlik kengaşi (GCC) mamlakatlari örtasidagi tovar ayirboşlaş hajmi deyarli tört baravar oşib, 1 milliard dollardan 3,9 milliard dollarga yetdi. Şu davrda GCC mamlakatlarining Markaziy Osiyo taşqi savdosidagi uluşi 0,7 foizdan 1,7% kötarildi.
Ikki mintaqa örtasidagi savdoning qariyb 94% BAA hissasiga töğri keladi. Fors körfazi mamlakatlaridan Markaziy Osiyoga yetkazib beriladigan mahsulotlar orasida maşina va uskunalar, transport vositalari hamda elektronika muhim örin tutadi. Bu mintaqaviy savdoning bir neçta asosiy bozorga jamlanganini körsatadi.
Özbekiston uşbu aloqalarda muhim örin egallaydi. 2025-yilda mamlakatning GCC davlatlari bilan tovar ayirboşlaş hajmi 1,75 milliard dollarga yetib, ikki mintaqa umumiy savdosining qariyb 45% taşkil etdi. Eksport 860 million dollar, import esa 890 million dollar böldi. 2026-yilning birinçi yarmi yakunida Fors körfazi mamlakatlarining Özbekistondagi jamlangan investitsiyalari 11,3 milliard dollarga yetdi.
Foydali havolalar
- https://eabr.org/analytics/analytical-briefs/trade-and-investment-cooperation-between-central-asia-and-the-gcc-countries/
- https://congress.eabr.org/press/detail/trade-between-central-asia-and-the-gulf-states-has-surged-by-almost-four-times-while-investment-has-/
- https://www.uzdaily.uz/ru/torgovlia-tsentralnoi-azii-s-zalivom-vyrosla-pochti-v-4-raza/