Onlayn panel
Bizning jamoa O‘zbekiston aholisi o‘rtasida so‘rovlar o‘tkazish uchun onlayn-panel xizmatlarini taqdim etadi. Biz keng segmentatsiya tanlovini taklif etamiz, bu esa mijozlarimizga biznes uchun zarur bo‘lgan eng aniq va ishonchli ma’lumotlarni olish imkonini beradi.
Qanday so‘rovlar o‘tkazamiz?
  • Brend sog‘lig‘ini o‘rganish
  • U&A
    Usage and Attitude, iste’molchilarning odatlari va afzalliklarini o‘rganish
  • Naming test
    Nomlarni sinovdan o‘tkazish
  • AB testlash
    Bitta elementning ikki variantining samaradorligini baholash uchun tadqiqotlar
  • Qadoqlashni sinovdan o‘tkazish
    Iste’molchilarning mahsulot qadoqlash elementlarini qabul qilishini o‘rganish
  • Qiymatli segmentatsiya
    Iste’molchilarni shaxsiy qadriyatlar, motivatsiyalar va ustuvorliklar asosida segmentatsiya qilish
  • NPS & CSI
    Mijozlar qoniqish va sodiqlik indekslari
Respondentlar soni
Ma’lumotlar xavfsizligi
Bizning serverlarimiz va saqlash tizimlarimiz
O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan.
Qonunchilikka muvofiq, biz O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan berilgan AA 0000983 raqamli ma’lumotlarni qayta ishlash litsenziyasi talablariga qat’iy amal qilamiz. Bu mijozlar ma’lumotlarining maxfiyligi va xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan barcha me’yoriy hujjatlar va qoidalarga rioya etishni o‘z ichiga oladi.
Ma’lumotlar va yakuniy natijalarni taqdim etish formati
Tadqiqot yakunlangach, buyurtmachi quyidagilarni oladi:
1. Excel-файл tozalangan baza va yig‘ma jadvallar (kod-buk ilova qilinadi).
2.Tahliliy hisobot asosiy natijalar, diagrammalar va ochilmagan ehtiyojlarning ustuvorliklari.
3.Harakatga yo‘naltirilgan tavsiyalar – mahsulot, tariflar va kommunikatsiya bo‘yicha tarmoqni tezkor ishga tushirish uchun.
4.Yakuniy taqdimot – xulosalar va tavsiyalar bilan.